Mourinyo: "Mxitaryan o'z darajasiga qaytadigan vaqt keldi"

Aslanov Jasurbek
20 okt 2016, 12:37
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Fenerbaxche"ga qarshi Yevropa ligasi 3-tur uchrashuvidan oldin yarim himoyachi Genrix Mxitaryan ushbu o'yinga tayyor ekanini aytdi.

"U uzoq vaqt jarohat tufayli o'ynamadi, endi Genrix taqiqlarsiz mashg'ulot o'tkazmoqda. U o'ynaydi deb tasdiqlay olmayman, ammo Mxitaryan formada va hozir u o'z darajasiga qaytadigan vaqt keldi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com