Mourinyo: "Mxitaryan boshqalardan ko'proq ish bajarishi kerak, uning joyida futbolchilar ko'p"

Nadirkhuja Yuldashev
4 noya 2016, 07:44
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Fenerbaxche"ga qarshi Yevropa ligasi uchrashuvidan (1:2) so'ng, yarim himoyachi Genrix Mxitaryanning jamoadagi hozirgi holati haqida gapirib berdi.

"U boshqalardan ko'proq ish bajarish kerak, hammasi oddiy. Bu jamoadan ko'p narsalar kutishadi va uning joyida futbolchilar etarlicha. Mxitaryan Mata, Lingard, Marsyaldan yaxshiroq o'ynashi kerak.

Har bir murabbiy uchrashuvlarda g'alaba qozonishni, o'zi istagan futbolchilarni maydonga tushirishni istaydi va men ham ularning biriman" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.com