Mourinyo: "Man Siti"ga qarshi bahsda ishonchimni oqlamaganlar, Yevropa ligasida o'ynamaydi"

Aslanov Jasurbek
13 sen 2016, 18:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa ligasining guruh bosqichida o'ynaydigan futbolchilarni aniqlab oldi.

MYU turnirdagi ilk bahsni "Feyenoord"ga qarshi mehmonda o'tkazadi. O'yin 15 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

"Manchester Siti"ga qarshi bahsda ishonchimni oqlay olmaganlar "Feyenoord" bilan o'ynamaydi. Bu jazomi? Yo'q. Men kim nimaga qodirligini ko'rib olmoqchiman" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com