Mourinyu: "Maguayrda sardorlarga xos xarakter bor"

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2021, 19:35
"Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Angliya - Daniya uchrashuvi to'g'risida fikr bildirdi.

"Menimcha, Daniya qanot hujumchilari agressiv o'yin namoyish etishmaydi. Ular Angliya himoyachilaridan cho'chishadi. Birinchi kundan boshlab Kayl Uoker ajoyib o'ynay boshladi. Lyuk Shou o'yindan o'yinga tobora yaxshilanib bormoqda.

Maguayr standartlardan ko'proq gol urishni boshladi. Uning sardorlarga xos ovozi bor. U "Manchester Yunayted" sardori va bu maqomdan foydalanadi, yetakchilarga xos xarakteri hakamlar bilan suhbatlarda ham sezilib turadi.

Ko'rinib turibdiki, u hakamlar oldida o'zini mag'rur namoyon qiladi. Uning elkasida bog'ichi yo'q, lekin u maydonda jamoa sardori kabi harakat qiladi".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Talksport