"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo hozircha Xuan Kuadradodan ko'p narsa kutmayapti.
"U sekin-asta ko'nikmoqda va buning uchun unga vaqt kerak. Italiyada o'yin tezligi umuman boshqacha. Avvalgi Kuadradoni ko'rmayotganimizdan hayron emasman. Chunki, ko'nikish uchun vaqt kerakligini bilaman", - deydi murabbiy.