Mourinyo Ispaniya soliq qonunini buzgani uchun jarima to'ladi

Aslanov Jasurbek
12 may 2016, 16:10
"Real" sobiq ustozi Joze Mourinyo Ispaniya soliq qonunlarini buzgani uchun mamlakat moliya vazirligiga 2 mln. evro to'lashga majbur bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, u 1 mln. evro jarima to'lashi kerak edi. Bu summaga o'z vaqtida soliq to'lamaganligi uchun yana 300 ming evro qo'shildi. Bundan tashqari, mutaxassis Ispaniya g'aznasiga yana 700 ming evro to'lashi shart. Mourinyo daromad solig'ini emas, imij huquqlaridan tushgan pullar solig'ini korporativ soliq stavkasi bo'yicha to'lagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: OK Diario