Mourinyo: Himoyada bir tekis o'yin ko'rsatyapmiz

Aziz Tukhtamuradov
9 mar 2014, 22:15
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasining himoyadagi o'yinini maqtab o'tdi.

“Biz har bir o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz, ishlaymiz, raqiblarimizni o'rganamiz. O'zimizga mos taktikani tanlashga xarakat qilamiz. Masalan, men Ivanovichni markazda emas, o'ng qanotda o'ynashini istayman. Bundan tashqari Keyxill va Terrining bir birini tushunishi ham menga juda yoqadi.

Aspilikueta ayti paytda ajoyib formada. Yakkakurashlarda uni mag'lub etish so'nggi paytlarda mushkul vazifa bo'lib qoldi. Jamoamiz himoyada ajoyib o'yin ko'rsatmoqda”, - deb aytib o'tdi Mourinyo.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru