Mourinyo: “Fellayni jamoamizni tark etishidan xavotirdaman”

24 noya 2017, 23:02
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Maruan Fellaynining klubdan ketishi mumkinligidan xavotirda ekanligini ma'lum qildi.

“Ha, men Fellaynining ketishi mumkinligidan bezovtaman. Men hech narsa qila olmayman. Muzokara futbolchi va klub rahbariyati o'rtasida kechmoqda. Men bu jarayonda ishtirok etmayapman. Har ikki tomonning fikrini hurmat qilaman.

Men futbolchini hurmat qilaman, chunki o'z kelajagini uning o'zi belgilaydi. Rahbariyat ham hurmatga loyiq, chunki muzokara jaaryoni aynan ularning nazorati ostida.

Shu sabab men shunchaki kutayapman va umid qilamanki ular bir to'xtamga kelishadi”, deya vaziyatga oydinlik kiritdi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports