Mourinyo: "Brayton" "Manchester Yunayted"ni har bir xatosi uchun jazoladi"

Aslanov Jasurbek
20 avg 2018, 02:25
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya Premer-ligasining 2-tur uchrashuvida "Brayton"dan uchralgan mag'lubiyat (2:3) haqida fikr bildirdi.

"Bazida qilgan xatolaringiz uchun hech narsa bo'lmaydi, ammo bugun xatolarimiz gol bilan jazolandi.

Pas bilan o'yinimiz yomon? O'tgan mavsum o'z futbolchilarim o'yini haqida juda ko'p ochiqcha gapirganimni tanqid qilishgan edi. Endi ular yaxshi harakat qilishsagina gapiraman. Ularning istagini tanqid qila olmayman.

Biz birinchi golni urganimizda, bu bahsda g'olib chiqamiz deb o'ylagan edim, ammo keyin uchinchi golni o'tkazib yubordik. Bunday vaziyatlarda hali imkoniyat bor deb o'ylaysan, biroq juda kech edi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC