Mourinyo: "Bir yildan beri sovrin yuta olmayapman"

Aslanov Jasurbek
28 apr 2018, 11:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning fikricha, "Chelsi"ga qarshi bo'ladigan Angliya Kubogi finali o'yinidan oldin uning avvalgi muammolari jamoaga bosim o'tkazishi mumkin.

"Bu mening aybim, chunki faoliyatim g'alabalar evaziga qurilgan. Bir yil bo'libdiki sovrin yuta olmayman. Sovrin yutmaganlarga qaraganda, buni qabul qilish men uchun qiyinroq.

Hech qachon to'liq bir mavsum sovrinsiz qolib ketmaganman" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN