

"Premer-liga avvallari yopiq turnir edi va chet ellik murabbiylarning bu ligada ishlashi qiyin bo'lgan. Bu yerdan taklif olish uchun katta natija kerak bo'lgan. O'ylashimcha, men bu chempionatda ishlashga munosibman.
Hozir chet ellik murabbiy osonlikcha APLda ishlashi mumkin. Ayni damda Premer-liga va Chempionshipda boshqa mamlakatdan kelgan mutaxassislar juda ko'p. "Chelsi"ni birinchi boshqarganimda APLda murabbiylar kuchli edi" - deydi Mourinyo.



