Hamroxim, o'zbek futboli tarixini juda yaxshi biladigan mutaxassislardan biri Faxriddin Isamuxamedov.
Kecha Valeriy Kuzmichga qo'ng'iroq qildik, yaxshi ham.
- Salom yigitlar, Ilhom (Sharipov, muallif) sizlar haqingizda aytayotgan edi. Bugun yoki ertaga uchrashaylik, 2 kundan keyin Moskvadan ketaman.
Bu biz uchun ayni muddao edi. “Gazzi” bosib SSKA klubi qarorgohi tomon yo'l oldik. To'g'risini aytsam, men SSKAning sharoitlarini a'lo darajada deb bilardim. To'g'ri yaqindan tanishmadim, ammo O'zbekiston bilan solishtirganda bizning stadion va klublarimizning qarorgohlari bugungi kunga kelib ularnikidan ko'ra zamonaviyroq ekan. Bir necha o'n yil avval qurilgan inshootlar bugungi kunda ham o'sha holatda saqlanib qolingan. Ammo sportning barcha turlariga berilayotgan e'tibor birdek. Malakali mutaxassislar faoliyat olib borishyapti.
SSKA klubining ish uslubi aytarli biznikilardan farq qilmaydi. Faqat professionallik bor xolos. Ishchi guruh ham men o'ylaganimchalik katta emas ekan. Qisqasi Valeriy Kuzmichning taklifiga binoan intervyu aynan SSKA ofisida bo'lib o'tdi.
Yana shu narsaga amin bo'ldimki, bu yerdagi mahalliy saytlar, yani biz doimo kuzatib boradiganimiz katta portallar, bari bir g'arbchalik eng so'nggi ma'lumotlarni vaqtida topa bilmas ekanlar. Masalan, kecha Valeriy Kuzmich bizga sir saqlash sharti bilan ertadan yana faoliyatini “Tom”da davom ettirishini aytib o'tdi. Hozircha bu haqda biron bir rus internet nashri xabar bergani yo'q. Sirni oshkor qilganim uchun uzr, har holda jurnalistika fakultetida menga shuni o'rgatishgan, jurnalistga hech qanday sirni aytib bo'lmaydi.
Valeriy Kuzmich SSKA rahbari Evgeniy Ginner bilan muhim uchrashuvi borligi uchun, intervyu “kecha, bugun, ertaga” kabi uzoq davom etmadi. 40 daqiqalik suhbatimiz ham chakki chiqqani yo'q.
Valeriy Nepomnyashiyga O'zbekistondan alangali salom etkazdim, o'z navbatida u ham o'zbek xalqini juda hurmat qilishi va biz orqali salomini etkazishini iltimos qildi. Shu bilan birga Denisov va Ahmedov tomonidan ko'rsatilayotgan o'yinlardan quvonayotganligini aytib, ayniqsa Ahmedov bilan faxrlanishini qo'shib qo'ydi.
Valeriy Kuzmich orqali dunyoning birinchi raqamli posboni Lev Yashinning shogirdi, bugungi SSKAning asosiy posboni Igor Akinfeevni ustozi bo'lgan Yuriy Pshenichnikov bilan bog'landik. Bugun esa sobiq paxtakorchi bilan yana o'sha SSKA manejida suhbat bo'lib o'tadi.
Kechagi yozgan maqolamda, yulduzlar davrasida bo'lish yoqimli ekanligini qayd etgan edim. Men uchun Pele, Maradona kim bo'libdi? Agar o'z yulduzlarimizga ega bo'lmagan boshqa edi. Bugun Yuriy Pshenichnikovdan faoliyatim davomidagi ikkinchi intervyu olaman. Bundan roppa-rosa 4 yil avval u kishi bilan Toshkentdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida tarixdan suhbat qurgan edik. Juda kuchli posbon, ota-bobongizdan so'rashingiz mumkin.
Afsuski Oleg Shackix qo'ng'irog'imizga javob bermayapti. Pyatnickiy esa “Spartak” – “Ural” o'rinbosarlari uchrashuvidan keyin uchrashishga vada berdi. Hozircha shular, biz esa otlandik bo'lmasam.
Nodirxo'ja Yuldashev