Morata: "Oblak - dunyoning eng kuchli darvozaboni"

Mirjalol Normatov
11 okt 2019
"Atletiko" forvardi Alvaro Morata dunyodagi eng kuchli darvozabon nomini aytdi.

"Oblak - dunyoning eng kuchli darvozaboni. Buni tushunish uchun menga bir hafta uning mashg'ulotlarini kuzatish etarli bo'ldi. "Chelsi"daligimda unga qarshi o'ynaganman. O'shanda u ajoyib seyvlar qilgandi. 

Men har doim dunyoning eng kuchli darvozabonlariga qarshi o'ynaganman. Ayni damda esa Oblak dunyoning eng yaxshisi deb ayta olaman", - dedi Morata.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca