Morata: "Menga ishonmaydiganlarning fikrini o'zgartirish uchun "Chelsi"da qoldim"

Aslanov Jasurbek
20 avg 2018, 12:25
"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morataning takidlashicha, u a Seriyaga qaytishni rejalashtirmagan.

"Chelsi"dan ketish haqida o'ylamaganman. Ispaniya yoki Italiyaga qaytishim mumkin edi, ammo bu yerdagi vaziyatni o'zgartirmoqchiman. O'zim va "Chelsi"ga bazi narsalarni isbotlamoqchiman.

Bu yerdan uy sotib olmoqchiman. Bolalarim katta bo'lib, shu yerdagi maktabga borishlarini sabrsizlik bilan kutyapman.

Hammasidan mamnunman, mavsum endi boshlandi. Menga ishonmaydiganlarning fikrini o'zgartirmoqchiman. Bu qolishimning yagona sababi. Agar "Chelsi"dagilar menga ishonishmasligini aytishganida, bu yerda qolmagan bo'lar edim.

Asosiysi - o'yin uslubi. O'tgan mavsum vertikal futbol o'ynaganmin, ammo ikkinchi qavatdagi kurash - mening eng kuchli tomonim emas. Endi orqaroqdan hujum qilishim, to'pga bir marta teginib, krosslarga ochilishim mumkin. Men uchun shu yaxshiroq" - deydi Morata.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com