Morata "Atletiko"da qolishni xohlamoqda

Alisher
28 may 2019, 12:14
Mavsumning ikkinchi qismini "Atletiko"da o'tkazgan, aslida "Chelsi"ga tegishli bo'lgan Alvaro Morata madridliklar tarkibida qolishni xohlamoqda.

26 yoshli futbolchining "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil 30 iyunda yakuniga etadi.

- "Atletiko"dan ketish mening hayolimga kelayotgani ham yo'q. Kelajagimni tezroq klub bilan hal qilishni istayman. Men bu jamoa uchun o'ynashdan baxtiyorman, bu yerda ko'p yillar to'p tepmoqchiman. Shubhasiz, bu yerda faqat mening fikrim bilan ish ko'rilmaydi. Ayrim muammolar bo'lishi mumkin, ammo men "Atletiko"da qolish uchun hamma imkoniyatlarimni ishga solaman, - deydi Morata.

Morata "Atletiko"ga o'tganidan so'ng "matraschilar" safida 17ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC Sport