Montolivo: "Milan" safiga mart yoki aprelda qaytaman"

Aslanov Jasurbek
24 dek 2016, 12:43
Oktyabr oyida jarohat olgan "Milan" yarim himoyachisi Rikkardo Montolivo qachon yana maydonga tusha olishi haqida aytib berdi.

"Aniq muddatini bilmayman, ammo maydonga mart yoki aprelda qaytishga umid qilyapman. Bu jiddiy jarohat va davolanishga yarim yil kerak bo'ladi. Qaytganimda klubning yangi egasi bo'ladi. Bu yangi imkoniyatlar beradi, ammo Silvio Berluskonining ketganidan xafaman. U muxlislar va biz uchun otadek edi" - deydi Montolivo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L`Equipe