Monreal mavsum boshini jarohat tufayli o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2013, 13:55
Londonning Arsenal klubi himoyachisi Nacho Monreal belidagi jarohat tufayli mavsumning dastlabki qismini o'tkazib yuboradi.
Monreal jarohat oldi va mavsum boshida maydonga tusha olmaydi. Biz chap qanot himoyachisini yo'qotdik, ushbu joy biz uchun muammo, – deydi Arsenal ustozi Arsen Venger.

Eslatib o'tamiz, oldinroq klub himoyachisi Tomas Vermalen jarohati tufayli Angliya chempionatining boshini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru