"Monca" Ibragimovich bilan shartnoma imzolamoqchi

Sherzod Nurmatov
29 apr 2023
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyatini "Monca"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi "rossoneri" bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirgan, ammo jamoa rahbariyati hujumchining kelajagi borasida bir qarorga kela olmayapti. 

Agar "Milan" Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilsa, u holda "Monca" futbolchini qo'lga kiritishga harakat qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira