"Monako" Jardimga qancha to'lashi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 13:55
"Monako"ning sobiq bosh murabbiyi Leonardu Jardim iste'fosi uchun katta mablag' olishi ma'lum bo'ldi.

"Monaco-Matin" xabariga ko'ra, monegasklar, Jardimdan tashqari uning assistentlari Nelsonu Kaldeyre, Antonio Viyere va Xose Barroare kabi murabbiylar uchun 8 million evro ajratadi.

Jardim 2014-2018 yillar, shuningdek, 2019 yilning yanvar oyidan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi.

Ayni damda "Monako" Liga 1 turnir jadvalida 28 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Monaco-Matin