"Monako" darvozaboni 791 daqiqa davomida gol o'tkazgani yo'q

Aslanov Jasurbek
2 fev 2015
"Lion"ga qarshi Fransiya chempionati 23-turida o'z darvozasini quruq saqlagan "Monako" posboni Daniel Subashich 791 daqiqadan beri gol o'tkazayotgani yo'q.

Liga 1 rekordi 1992 yilda "Bordo" darvozasini qo'riqlagan Gaetan Uarga tegishli, u ketma-ket 11ta uchrashuvda o'z darvozasini ishonchli qo'riqlagan.

"Bu men uchun ajoyib natija. Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Hozir o'zimga ishonchim ortgan. Chempionat rekordi? Uarning 1992 yildagi seriyasi haqida bilaman. Adashmasam 1176 daqiqa. Rekordni yangilash haqida o'ylayotganim yo'q. Bugun 3ta seyv amalga oshirdim. Ammo jamoa 2:1 hisobida g'alaba qozongani ham yaxshi edi. Yetakchi bilan o'yin oson bo'lmadi" - deydi Subashich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com