Moldovalik himoyachi "Mashal"ga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2015, 10:49
"Mashal" klubi mavsum boshlanishiga yaqin yana bir yangi o'yinchisini qo'lga kiritdi.
Bu haqda "Futbol Ekspress" gazetasi xabar berdi.

Moldovalik 1992 yilda tug'ilgan himoyachi Maksim Fokshaga rasmiy taklif bildirilgach, u "Mashal" variantini tanlashga qaror qildi. Ayni paytda bu futbolchi mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilmoqda. Shuni aytish kerakki, Foksha Moldova U-21 terma jamoasining sardori sifatida bir nechta o'yinlarni o'tkazgan.

Shu tariqa "Mashal" qishki yig'inlar doirasida o'z safiga rossiyalik Vladislav Ivanov, belorussiyalik Nikita Bukatkin va moldovalik Maksim Fokshani qo'shib oldi. U o'tgan haftada bo'lib o'tgan "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinda ham maydonga tushdi.

foto: Foksha Moldova yoshlar terma jamoasi safida Angliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Garri Keynni qo'riqlamoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia