Moyes "Manchester Yunayted"ga "Everton"dan murabbiylarni taklif edi

1 iyul 2013, 18:25
"Manchester Yunayted" o'zining rasmiy sayti orqali Devid Moyes bilan birga ishlaydigan yangi murabbiylarni tanishtirdi.
"MYU" murabbiylar shtabini Moyesning eski ish joyi - "Everton"dan uch mutaxassisni to'ldirishdi. 42 yoshli Stiv Raund, 53 yoshli Kris Vuds va 65 yoshli Jimmi Lamsdenlar yana Moyes bilan ishlaydigan bo'lishdi.

Raund "MYU"da Moyesning yordamchisi vazifasini o'taydi. Vuds darvozabonlar bilan ishlasa, Lansden "MYU" yoshlar jamoasiga murabbiylik qiladi. 

Manba: manutd.ru