Modrich: “Real” Rodriges va Kroos bilan kuchliroq bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
24 iyul 2014
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrichning fikricha yaqinlashib kelayotgan mavsumda jamoa katta yutuqlarga erisha oladi.
Bunga sabab Toni Kroos va Xames Rodrigesning jamoaga qo'shilishi deb hisoblamoqda xorvatiyalik futbolchi.

“Rodriges va Kroos bilan jamoamiz kuchliroq bo'ldi. Bu mavsumda oldingidek katta bosim bo'lmaydi, chunki “Real” 10 bora Chempionlar Ligasida g'olib bo'ldi” – deydi Modrich.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com