MLS kubogi joriy mavsum finalida qaysi jamoalar o'ynashi ma'lum

Eldor Akmurzayev
1 noya 2022
MLS pley-offining yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

“Filadelfiya Yunion” 3:1 hisobida “Nyu-York Siti”ni mag'lub etgan bo'lsa, “Los-Andjeles FK” 3:0 natijasi bilan “Ostin FK”dan ustun keldi.

Shu tariqa, musobaqa finali “Filadelfiya Yunion” hamda “Los-Anjeles FK” o'rtasida o'tishi ma'lum bo'ldi. Hal qiluvchi bahs 5 noyabr kuni Los-Anjelesdagi “Kaliforniya Banki” stadionida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, “Los-Anjeles FK” safida Karlos Vela, Jorjio Kellini, Garet Beyl va Kristian Telo kabi ko'pchilikka tanish futbolchilar harakat qiladi. Avvalroq, mazkur jamoa MLS mavsumiy turniri g'olibligini qo'lga kiritgandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia