"Mixed zone". Chase Anri: "Navbatdagi uchrashuvda keyingi bosqich masalasini hal qilmoqchimiz"

Iskandarov Abdulaziz
7 iyun 2022, 11:59
Mamlakatimizda bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Musobaqaning shu yoshdagi nomdor terma jamoalaridan biri Yaponiya kecha guruhdagi asosiy raqobatchisi Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keldi. Murosasiz kechgan bellashuvda hisob ochilmadi, 0:0. Mazkur bahsdan so'ng Yaponiya futbolchisi Chase Anri mikst-zonada fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 



"Birinchi bo'lim ikki jamoa uchun ham qiyin o'tdi. Kam sonli vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi. Aksiga olib qizil kartochka ham ishlab oldik. O'yin o'tdi, navbatdagi uchrashuvlar haqida o'ylashimiz kerak. 

Keyingi o'yinni yutib guruhdan chiqish masalasini hal qilishimiz shart. Menimcha, Saudiya Arabistoni bilan durang adolatli natija",- deydi Anri.


U-23 Osiyo Kubogi. Saudiya Arabistoni bir kishi kam bo'lib qolgan Yaponiyani mag'lub etolmadi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia