Misrlik muxlis Jahon chempionatiga velosipedda yo'l oldi

Tolibjon Qosimov
10 apr 2018, 18:30
Rossiyaga borishning o'zgacha yo'lini tanlagan ishqiboz ixtiyorida 65 kun bor.

Misrlik Muhammad Nufal Rossiyagacha velosipedda boradi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar berdi. Muxlis Jahon chempionatiga borishni maqsad qilgan. Qarindoshlari uni Qoxiradagi Taxrir maydonida kuzatib qo'yishdi. Ishqiboz 5 ming kilometrni 65 kunda bosib o'tishga umid qilmoqda.

Nufal Bolgariya, Ruminiya, Moldova va Ukraina orqali manzilga boradi. Eslatib o'tamiz, Muhammad Salah yetakchiligidagi Misr terma jamoasi oxirgi 28 yilda ilk bor mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: reuters.com