Misrlik huquqshunos milliard evro undirish maqsadida Ramosni sudga berdi

Aziz Tukhtamuradov
28 may 2018, 22:59
Misrlik huquqshunos Bassem Vahba Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramosni atayin “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salahga YCHL finalida jarohat etkazgani uchun sudga berdi.

“Ramos atayin va ongli ravishda Salahga jarohat etkazdi. U bu jirkanch xatti-harakati uchun jazolanishi kerak. Men bu ishni ko'rib chiqish uchun sudga topshirdim va arznomamni FIFAga jo'natdim. 

Misr xalqiga jismonan va ruhan zarar etkazilgani uchun 1 milliard evro tovon puli talab qilaman”, – dedi huquqshunos Misrning Sada El-Balad telekanaliga bergan intervyusida. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif