Mirjalol Qosimov terma jamoa rulidagi eng yirik mag'lubiyatini qabul qilib oldi

31 mar 2015, 22:31
O'zbekiston terma jamoasi xalqaro o'rtoqlik o'yinida Yaponiya bilan safarda kuch sinashdi va yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
Bu o'yin Mirjalol Qosimovning terma jamoamiz boshqaruvidagi eng yirik mag'lubiyati (5:1) sifatida tarixga kirdi. Bunga qadar Mirjalol Qosimov qo'l ostida terma jamoamizning eng yirik mag'lubiyati Qatar va Janubiy Koreyaga (3:0) qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvlarida qayd etilgandi.

Manba: championat.asia