Mirjalol Qosimov: “Guruhda birinchi o'rinni olishimiz kerak”

Narzulla Saydullayev
15 sen 2014, 18:35
O'zbekiston – Gonkong (1:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida ikkinchi bo'lib Mirjalol Qosimov qatnashdi.
"Bugun yutishimiz kerak edi. O'zbekiston hujum qildi Gonkong himoyalandi. Keyingi ikkita o'yinni yutishimiz va guruhda 1-o'rinni olishimiz kerak”, - deydi Qosimov.  

- Gonkong ustozi bugun taktika emas mentaliteti bilan yutganligini aytdi. Biz birinchi o'rinni olishimiz uchun endi yirik hisoblarda g'alaba qozonishimiz kerak.

- Balki ular uchun bu yutuq bo'lishi mumkin. Endi keyinggi ikkita o'yinga jiddiy e'tibor qaratamiz. Yaxshi bo'lishiga hammamiz ishonamiz. O'yinga kelsak hamma harakat qildi. Kerakli hujumlar o'ylangan reja asosida bo'ldi. Muhimi o'yin surati bor.

- Ularning bitta hujumi gol bilan tugadi. Bu yerda darvozabon allaqachon sovub qolgandi, bu futbolning yozilmagan qonuni, himoyachilar esa...
- Ha. Himoyadagi katta xato qimmatga tushdi, raqib futbolchisi 15 metr masofani to'p bilan bosib o'tdi va gol urdi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Incheon shahridan

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia