Mirzahakim To'xtamirzaevga savol yo'llang!

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2021
"Jurnalist minbari" loyihasining ilk sonidan keyin o'tkazilgan so'rovnomada Championat.asia kuzatuvchilarining ko'pchilik qismi keyingi gal Mirzahakim To'xtamirzaevni taklif qilishimizni so'ragan edi.

Ertaga, 29 iyul kuni Mirzahakim aka loyihamiz mehmoni bo'ladilar. Biz u kishi bilan Tokio olimpiadasi, o'zbek futboli va sport jurnalistikasi haqida suhbatlashishni rejalashtirganmiz.

Sizda ham taniqli sport sharhlovchisi, ustoz jurnalistga savol berish imkoni bor. O'zingizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring. Biz ularni saralab jonli efirda taqdim qilamiz.

Quyida "Jurnalist minbari" loyihasining 1-sonini (Abror Imomxo'jaev ishtirokida) tomosha qilishingiz mumkin↓↓↓



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia