Mirko Yelichich: "Olimpik" o'yinchilarida ishtiyoq yo'q edi? Professional o'yinchi maksimum borini berishi kerak"

Alisher Ostonov
2 iyun 2025, 03:18
"Olimpik" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Pro liga 7-tur doirasidagi "Jayxun"ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta, o'yindan unchalik mamnun emasman. Bahsni tahlil qilish kerak. Raqib bugun juda yaxshi harakat qildi.

- Raqib juda ishtiyoq bilan o'ynadi, ammo bu sizning jamoangizda unchalik ham ko'rinmadi.

- Ha, bazida o'yinchilarda ishtiyoq etarli bo'lmaslik holatlari bo'lib turadi. Ammo, siz professional sifatida har o'yinga maksimum ishtiyoq bilan chiqishingiz kerak. Bugun jamoaga ko'p narsa yetishmadi.



- Hozirda jamoada ko'plab yo'qotishlar bor. Bundan tashqari, keyingi o'yinda Muhammadyusuf Fayzullavning xizmatlaridan foydalana olmaysiz, shuningdek terma jamoaga yo'l olgan Saddam Ahmadov bor.

- Albatta, ayrim o'yinchilar harakat qilmayapti. Buni tahlil qilib ko'ramiz.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia