Mirjalol Qosimov: Musobaqani chiroyli yakunlab qo'yishimiz kerak

Narzulla Saydullayev
29 apr 2021, 20:11
Osiyo chempionlar ligasi 6-tur uchrashuvi doirasidagi Istiqlolga qarshm o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga jamoa sardori Sanjar Tursunov hamrohlik qildi.

Mirjalol Qosimov: Biz uchun imkoniyatlar tugagan. Lekin musobaqani chiroyli tarzda yakunlab qo'yishimiz kerak. OCHLdagi oxirgi o'yinda muxlislarga chiroyli o'yin taqdim etib, g'alaba uchun kurashamiz. AGMK muxlislar va jamoa g'ururi uchun ham o'ynaydi. OCHL tugayotgani bilan hayot davom etadi. Bizni ichki chempionatda ham hali uzoq mavsum kutmoqda. Biz ertangi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ikkala jamoada ikki xil vaziyat. Istiqlol bilan o'yin qiziqarli bo'ladi

- Istiqlol himoyaviy o'ynaydi. Ertaga AGMK ham o'yinni himoyadan quradimi? Ikkinchi savolim, ertaga yosh futbolchilarga imkoniyatlar beriladimi?

- Biz himoyaviy uslubda o'ynamaymiz. Yo'qotadigan narsamiz yo'q. Ertaga Istiqlolning tartibli himoyasini yorib o'tishga intilamiz. Istiqlolning himoyasi nafaqat biz uchun, balki Shabab Al Ahli va Al Hilolga ham katta muammo bo'ldi. Ikkinchi savolga keladigan bo'lsam, albatta bizda hammaga imkoniyatlar beriladi. O'tgan o'yinlarda ham imkoniyatlar berildi.

Sanjar Tursunov:
Biz bo'lajak o'yinga 1-tur uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak xuddi shu munosabatda taraddud ko'ryapmiz. Ertaga bizdan murabbiylar va muxlislar faqat g'alaba kutishadi va biz har doimgidek g'olib bo'lish uchun harakat qilamiz. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia