Mirjalol Qosimov: "Bugun g'alaba qozonishni juda ham istagan edik"

Narzulla Saydullayev
5 noya 2018, 20:48
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirdi:

- Bugun g'alaba qozonishni juda ham istagan edik. Musobaqa jadvalidagi o'rnimiz ham buni taqazo etar edi. Bugun har ikki jamoa ham chiroyli o'yin namoyish etdi. Hisob 2:1 bo'lib turgan vaziyatda yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan unumli foydalanganimizda, balkim maqsadimizga erishgan bo'larmidik. Lekin bu – futbol. Shunday holatlari bilan ham ushbu sport qiziq sanaladi. Endi oldindagi o'yinlarda mazmunli o'ynab, g'alaba qozonishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz