Mircha Luchesku: Bavariyaga qarshi o'yindan qoniqdim

Narzulla Saydullayev
18 fev 2015, 08:36
Shaxter ustozi Mircha Luchesku YCHL 1/8 finali doirasidagi Bavariyaga qarshi o'yindan (0:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
– O'yindan qoniqdim. Ikki oy rasmiy o'yinlarda ishtirok etmagan bo'lsak ham bugun yaxshi o'ynadik. Bizda imkoniyat bor. Kerakli o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazamiz va javob bahsiga tayyor bo'lamiz.

Bavariya – yaxshi klub, yaxshi tashkil etilgan. Ular Lvovga 8:0 hisobidagi g'alabadan so'ng kelishdi, bu bizni himoyada yanada tartibli o'ynashga undadi", - deydi Luchesku.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru