Mino Rayola "Yuventus" rahbariyati bilan uchta transferni muhokama qildi

Tolibjon Qosimov
22 noya 2018, 12:18
Mashxur futbol agenti Mino Rayola Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi.

Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar berdi.

Jumladan, tomonlar bir yo'la 3 nafar o'yinchining transferini muhokama qilishdi. Gap "Yuventus"ning yosh hujumchisi Moyze Kin, MYU yarim himoyachisi Pol Pogba va "Ayaks" markaziy himoyachisi Matteys de Ligt haqida ketmoqda. Rayola 18 yoshli Kinni transferga qo'ydirmoqchi va Pogba hamda de Ligtlarni turinliklar safiga o'tishga ko'ndirishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Tuttosport