Milner: "Liverpul" so'nggi uchta finalda mag'lub bo'ldi. Buni to'g'irlamoqchiman"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019, 15:20
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinidan so'ng jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Gvardiola keyingi bosqichga "Bavariya" chiqishini istayotgani haqida gapirgandi.

- Ha. Uning omadi kelmadi, shunday emasmi?

"Liverpul"ga o'tganimdan beri uchta finalda o'ynadik va barchasida mag'ulb bo'ldik. Buni to'g'irlamoqchiman.

O'tgan mavsumdan kerakli xulosalar chiqardi, ammo Chempionlar ligasi finalida mag'lubiyatga uchrash og'ir.

Menga "Liverpul"da o'tkazilgan har bir daqiqa yoqadi, ammo shuncha imkoniyat yaratib, hech narsa yutmaslik... Buni qabul qilish qiyin. Vaziyatni o'zgartirish niyatidaman.

Ancha oldin Angliya chempionatida g'olib bo'lganmiz. So'nggi yillarda "Liverpul" ko'p sovrin yutmadi. Hozir yosh jamoamiz, o'syapmiz, biroq paydo bo'layotgan imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak. Chegaradan o'tib, sovrinni qo'lga kiritishimiz lozim" - deydi Milner.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo