Milliy terma jamoa JAR stadionida mashg'ulotlarga kirishdi (fotogalereya)

Narzulla Saydullayev
12 avg 2013, 21:50
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 avgust kuni Toshkentdagi JAR stadionida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 avgust kuni Toshkent navbatdagi yig'inini boshladi. Rejaga ko'ra, terma jamoa a'zolari 14 avgustgacha Toshkentdagi JAR stadionida mashg'ulot o'tkazadi. O'FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonovga ko'ra, ushbu yig'in davomida milliy terma jamoa mahalliy klublardan biriga qarshi o'rtoqlik-nazorat uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov mazkur yig'inga jami 26 nafar futbolchini taklif etgan.

Quyida, JAR stadionida bo'lib o'tgan milliy terma jamoa mashg'ulotining ilk kunidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. Suratlar muallifi, O'FF rasmiy fotomuxbiri Hasan Pirmuhamedov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com