

36 yoshli futbolchi iyun oyida faoliyatini yakunlashni rejalashtiryapti.
"Bu klub safida yana yarim yil to'p tepishimdan xursandman. Libertadores Kubogida ishtirok etish uchun qolyapman. Men umrim davomida shug'ullangan futboldan ketish haqida e'lon qilish qiyin bo'ldi.
2016 yilning iyun oyida faoliyatimni yakunlayman. Bu professional futbolchi sifatida mening so'nggi 6 oyim bo'ladi.
Jarohatlar tufayli mavsumoldi tayyorgarlikda ishtirok eta olmadim. Tizzamdagi og'riq bartaraf etilmadi. Bundan qutilishning ikki yo'li bor edi: Operaciya yoki sportdan ketish. Insonlarning qo'llashi vaziyatni yaxshilanishiga sabab bo'ldi" - deydi Milito.



