Milinkovich-Savich: "Yuventus"? Hozir faqat jahon chempionati haqida o'ylayapman"

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2018, 14:05
"Lacio" va Serbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich "Yuventus"ning unga bo'lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.

"Hozir transfer bozori emas, faqat jahon chempionati haqida o'ylayapman. "Yuventus"? Faqat kulib qo'yishim mumkin. Hozircha butun hayolim Serbiya terma jamoasi bilan band. Mundialdan so'ng barchasiga oydinlik kiritamiz" - deydi Milinkovich-Savich.

Oldinroq, serbiyalik xavbek xizmatlariga "Real", "Manchester Yunayted" va "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia