"Milan"ning uch o'yinchisi koronavirus bilan kasallandi

Alisher
6 yanv 2022, 12:17
"Milan"ning uch futbolchisi koronavirusga musbat test topshirishdi.

Bu haqda klub sayti xabar bermoqda. Ushbu futbolchilar o'zini yaxshi his qilmoqda va karantinda. Ertaga qoidaga ko'ra, barcha takroriy testdan o'tadi.

Klub matbuot xizmati o'yinchilarni ma'lum qilmadi. Sky Sport Italia xabariga ko'ra, Fikayo Tomori, Alessio Romanoli va Davide Kalabriya musbat test topshirgan.

Eslatib o'tamiz, "Milan" bugun o'z uyida A Seriya 20-tur doirasida "Roma"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: asroma.com