"Milan"ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 17:18
Italiya termasining sobiq futbolchisi Antonio Nocherino faoliyatini yakunladi.

34 yoshli futbolchining so'nggi jamoasi "Benevento" bo'lgandi. Faoliyatini yakunlaganidan keyin u murabbiylik faoliyatini boshladi.

Nocherino "Orlando Siti"ga qaytdi klubning 15 yoshgacha bo'lgan jamoasini boshqaradigan bo'ldi. Shuningdek, u U-17 jamoada yordamchi murabbiy bo'lib ishlaydi.

Italiyalik futbolchi "Milan" va "Yuventus"dagi faoliyati bilan barchaga mashhur. U 15 yil davomida terma sharafini himoya qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild