“Milan”ga Portugaliya terma jamoasi a'zosi kerak

5 iyul 2019, 09:25
Ruben Nevesh faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

“Vulverxempton” klubi yarim himoyachisi Ruben Nevesh klubni tark etishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga “Milan” jiddiy qiziqib qolgan. “Bo'rilar” Neveshning transferini 45 mln evroga baholamoqda.

Takidlanishicha, “Milan” ingliz klubiga Nevesh uchun Andre Silva hamda 15 mln evro taklif qilmoqchi.

Nevesh va Silvaning ham agenti Jorje Mendesh hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Mediaset