

"La Gazzetta dello Sport" ma'lumotiga ko'ra, futbolchilar, jamoa yetakchilari klub rahbariyatiga telefon qilib, Piolini qo'llab-quvvatlagan va iste'foga chiqarmaslikni so'ragan. Pioli mavsum yakuniga qadar "Milan"da qolishi kutilmoqda.
O'z navbatida klub 2023 yilning mart oyidan buyon ishsiz bo'lib turgan Antonio Konteni jamoaga olib kelishni reja qilmoqda.
Ayni damda "Milan" A Seriya turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 4-o'rindagi "Bolonya"dan 2 ochko oldinda bo'lsa, "Inter"dan 11, "Yuventus"dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.



