"Milan" Zlatanning istaklarini bajarishga tayyor

Mirjalol Normatov
15 dek 2019
"Milan" rahbariyati "Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi "Milan"dan 18 oylik shartnoma hamda 10 millio evro maosh so'ramoqda.

"Milan" esa o'z navbatida 1 yilga uzaytirilishi mumkin bo'lgan 6 oylik shartnoma taklif qilmoqda. Agarda jamoa YCHLga chiqadigan bo'lsa, Zlatan jamoada qoladi.

Oldinroq "Napoli" Ibragimovichga 2021 yilga qadar shartnoma taklif qilayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato