"Milan" yulduzi o'ziga yangi klub tanladi

Alisher
13 okt 2024, 15:25
"Milan"ning fransiyalik himoyachisi Teo Ernandes "Chelsi"ga o'tishni xohlamoqda.

Futbolchi PSJ va "Yuventus" taklifini rad etdi. U Milan klubidan ketishga tayyor. "Ko'klar" Teoga 40 mln evrodan ortiq to'lashmaydi.

Ernandesning "Milan" bilan mehnat kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchi va "rossoneri" o'rtasida shartnomani uzaytirish borasida qiyinchiliklar vujudga keldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ItaSportPress