“Milan” vakillari Lovrenning agenti bilan uchrashdi

2 iyul 2019, 09:30
“Liverpul” himoyachisi Deyan Lovren faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Lovrenning transferiga qiziqib qolgan “Milan” klubi futbolchining agenti bilan uchrashgan. Ingliz klubi Lovrenning transferidan 20-25 mln evro ishlab olishni ko'zlagan. “Milan” uchun Deyanning maoshi muammo bo'lishi mumkin. U Mersisayd klubi safida yiliga 5,2 mln funt ishlab topadi.

Lovren 2014 yildan beri “qizillar” sharafini himoya qilib keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato