"Milan" va "Napoli" futbolchilarini almashishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 00:51
"Napoli" posboni Aleks Meret faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, milanliklar rahbariyati ayni damda darvozabon Janluijji Donnarummaning klubdan ketishiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'z navbatida 23 yoshli Meret ham murabbiylar David Ospinaga ko'proq ishonch bildirayotganidan mamnun emas.

"Napoli" esa transfyerdan kamida 30 mln evro ishlab olishni istamoqda. "Milan" esa narxni arzonlashtirish maqsadida Frank Kessieni "Napoli"ga berishi mumkin.

Oldinroq Meret "Napoli" taklif qilgan shartnomaga rad javobini bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato