"Milan" serb yoki niderland hujumchini xarid qilmoqchi

16 noya 2020, 03:10
"Milan" qishki transfer oynasida Zlatan Ibragimovichga o'rinbosar olib kelmoqchi.

39 yoshli shvetsiyalik forvard terma jamoa o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusga toliqish bilan yetib keldi. Unga o'rinbosar kerak va klub buni tushunadi.

"Rossonerilar" rahbariyati yoshroq futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu PSV vakili Doniell Malen bo'lishi mumkin. Niderlandiya terma jamoasining 21 yoshli forvardi Mino Rayolaning mijozi hisoblanadi. "Milan" mutasaddilari bu agent bilan do'stona munosabatlarni yo'lga qo'ygan. Niderlandiya chempionatining joriy mavsumida 8 o'yin o'tkazgan Malen 4 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.

Shuningdek, "Real"ning serbiyalik o'yinchisi Luka Yovich ham "Milan" short-listidan o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport