"Milan" PSJga taklif bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
28 dek 2024
PSJ hujumchisi Randal Kolo-Muani "Milan"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcio ma'lumotlariga ko'ra, Italiya klubi qishki transferlar oynasi vaqtida markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolashni reja qilmoqda va shu boisdan PSJga futbolchining ijarasi bo'yicha taklif bilan chiqdi.

Biroq transferni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi: mavsumning ikkinchi yarmini hisoblaganda futbolchi 4 mln evro maosh oladi. Parij klubi futbolchining maoshini yangi klubi to'lashini istamoqda.

26 yoshli fransiyalikka "Yuventus", "Bavariya" va APLning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.

Ushbu mavsumda Kolo-Muani mamlakat chempionatida 10 o'yinda 2 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio