"Milan" MYU yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
24 mar 2024, 02:28
"Milan" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

"Rossoneri" yozda mudofaa sifatlariga ega xavbek bilan shartnoma imzolamoqchi va uning maqsadlaridan biri Sofyan Amrabat hisoblanadi.

Marokash terma jamoasi futbolchisi "Fiorentina"dan xarid qilish huquqi bilan ijaraga olingan, ammo ingliz klubining bu bandni faollashtirish ehtimoli past.

"Milan"ga shuningdek Renatu Veyga ("Bazel") va Uolas ("Udineze") yoqadi.

Amrabat joriy mavsum APLda 14ta o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: MilanNews